22:21 / 08.08.2019
48451
Erdo‘g‘an Zelenskiyning nutqini keskin tarzda bo‘ldi 
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Anqaradagi nutqi vaqtida e'tiroz bildirdi. Zelenskiy o‘z nutqi vaqtida Kerch bo‘g‘ozida Rossiya tomonidan ushlangan ukrainalik dengizchilardan birining ota-onasi unga sovg‘a qilgan braslet haqida qizg‘in so‘zlagan.  

Erdo‘g‘an Zelenskiy ushbu brasletni dengizchilarni ortga qaytarmaguncha yechmaslikka va'da berishini aytgan vaqtda uning gapini bo‘lgan.

“Agar har safar braslet taqadigan bo‘linsa, unda yaqinda qo‘lda joy qolmaydi. Biz brasletlarni taqishni talab qiladigan ko‘p voqealarni boshdan kechiramiz. Butun dunyoda odamlar aziyat chekmoqda – Kerch bo‘g‘ozidan tortib Falastin va Myanmagacha”, deb o‘z e'tirozini bildirgan Turkiya prezidenti.  

Zelenskiy nutqi orqali Kerch bo‘g‘ozida 2018 yil 28 noyabrda yuz bergan voqeaga e'tibor qaratmoqchi bo‘lgan. O‘shanda Ukrainaning ikkita harbiy kateri va buksiri Rossiya suv hududlariga bostirib kirgan. Ular bo‘g‘ozda xavfli harakatlar amalga oshirib, rossiyalik chegarachilarning talablariga javob berishmagan. Shundan keyin kemalar ushlanib, undagi dengizchilar hibsga olingan.  

Top