9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

14:35 / 09.08.2019 2991

50 million so‘mlik videoproyektorlarni yashirincha olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan maishiy texnika tovarlarini noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportida videoproyektorlarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga uringan fuqaro to‘xtatib qolindi.

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan xorijdan uchib kelgan fuqaro M.A. ning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada ushbu shaxs yuklari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me'yoridan ortiq bo‘lgan, umumiy qiymati 50 million so‘mlik 12 dona videoproyektorlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar xalqaro aeroportlar orqali o‘z ehtiyojlari uchun 2000 AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lgan tovar moddiy boyliklarini bojxona to‘lovlarini to‘lamagan holda olib o‘tishlari mumkin.

Top