15:26 / 09.08.2019
7144
Chinozda tanishining umriga zomin bo‘lgan shaxs ushlandi

2019 yil 8 avgust kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumani Chorvador mahallasida yashovchi 38 yoshli A.A. shu tumanning Nafis mahallasi hududida o‘zaro janjal oqibatida tanishi, Nafis mahallasida yashagan 49 yoshli B.A.ni tanasining turli joylariga urib-tepib, jarohatlagan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada B.A. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A. qo‘lga olingan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Top