16:17 / 13.08.2019
48337

O‘zbekistonda yana 20ta mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab 20ta mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.

Davlatlar:

1. Antigua va Barbuda 
2. Barbados 
3. Beliz 
4. Grenada 
5. Dominikan Respublikasi 
6. Meksika Qo‘shma Shtatlari
7. Gvatemala Respublikasi 
8. Gonduras Respublikasi 
9. Kosta-Rika Respublikasi
10. Kuba Respublikasi
11. Nikaragua Respublikasi
12. Panama Respublikasi
13. Trinidad va Tobago Respublikasi
14. El-Salvador Respublikasi
15. Sent-Vinsent va Grenadina 
16. Sent-Lyusiya 
17. Bagam Orollari Hamdo‘stligi
18. Dominika Hamdo‘stligi
19. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi 
20. Yamayka

Mavzuga oid
Top