9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

16:42 / 14.08.2019 2150

Andijonda «Charm to‘p» musobaqasining viloyat bosqichi bahslari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorlikda tashkil etilgan mahallalararo “Charm to‘p” turniri bu yil Andijonda yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Viloyat bosqichi uchrashuvlari oldidan Sho‘rbuloqdagi futbol akademiyasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda so‘z olgan Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov “Charm to‘p” musobaqasini o‘tkazishdan asosiy maqsad futbolga qiziquvchi insonlar uchun katta bir bayram tashkil etish orqali havaskor va professional sport o‘rtasida to‘siqlarni olib tashlab, har bir fuqaroni yurtimiz sportiga yaqinroq bo‘lishiga sharoit yaratib berish ekanligi haqida gapirdi.

Endi 13-18 avgust kunlari viloyat tuman va shaharlarining 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 16 ta yoshlar jamoalari to‘rt guruhga bo‘lingan holda kuch sinashadilar. 19  avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final o‘yini g‘olibi 22-27 avgust kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladigan Respublika bosqichida to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Top