9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

12:43 / 16.08.2019 4777

O‘zbekistonlik harbiy alpinistlar Elbrusni, harbiy razvedkachilar esa Tar cho‘lini zabt etdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Elbrus halqasi” xalqaro musobaqasida beshta davlatning harbiy xizmatchilari o‘ta murakkab tog‘ sharoitida va chidab bo‘lmas bosim ostida harakatlandi. Kabardin-Bolqordagi Elbrus cho‘qqisiga amalga oshirilgan marsh esa haqiqiy harbiy alpinistlar nimaga qodir ekanligini ko‘rsatib berdi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, musobaqa ishtirokchilari quyi harorat va cheklangan harakat kabi murakkab tog‘ sharoitida, o‘nlab maxsus vazifalarni bajardilar.

Bellashuv avvalida ishtirokchilar ikki kun Elbrusni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha piyoda zabt etish bilan shug‘ullandi: Terskol cho‘qqisi (2462 m.) — Azau yalangligi (2356 m.) — Priyut-11 (4200 m.) — Elbrusning g‘arbiy cho‘qqisi (5642 m.). 20 kilometrga yaqin marsh davomida balandlikning umumiy o‘zgarishi 2,2 kilometrga teng, relefi — o‘rta murakkab.

Maxsus vazifalarni bajarish chog‘ida harbiy xizmatchilar “Azau — Priyut 11” yo‘nalishi bo‘yicha qurol-aslaha yordamida marsh yurishni amalga oshirdi.

Ta'kidlash kerakki, “Elbrus halqasi — 2019” xalqaro tanlovining final bosqichida O‘zbekiston jamoasi birinchi bo‘lib Elbrusni zabt etdi. Buning uchun jamoamizga 4 daqiqa-yu 25 soniya kerak bo‘ldi.

Musobaqada Rossiya, Hindiston, Marokash, Qozog‘iston va O‘zbekiston jamoalari o‘zaro bellashdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Rossiya birinchi o‘ringa (12 848 ball) munosib ko‘rilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin O‘zbekiston (12 041 ball) jamoasiga nasib etdi. Kuchli uchlikdan Qozog‘iston harbiy xizmatchilari joy oldi (11 672 ball).

Shuningdek, O‘zbekiston qo‘shin razvedkachilari 5—15 avgust kunlari Hindistonning Radjastxan shtatidagi Jaysalmer poligonida o‘tkazilgan “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” tanlovida ham ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bellashuv davomida Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Sudan va O‘zbekiston qo‘shin razvedkachilari o‘zaro kuch sinashdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Yakuniy natijalar:

1-o‘rin — Hindiston razvedkachilari guruhi;
2-o‘rin — O‘zbekiston razvedkachilari guruhi;
3-o‘rin — Rossiya razvedkachilari guruhi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili o‘tkazilgan “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” tanlovida O‘zbekiston faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Top