08:44 / 17.08.2019
40409
Test natijalari bo‘yicha appelyatsiya berish tartibi qanday?
Foto: KUN.UZ

Qonunchilikka ko‘ra, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 21 avgustdan 30 avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) bo‘lgan muddatda apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.

Shundan so‘ng abituriyentga xabarnoma yuborilishi, bunda u xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Shikoyat apellyatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Abituriyentga javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida berilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent har bir noto‘g‘ri test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi.

Komissiya apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda abituriyent murojaat qilganda unga ushbu qarordan ko‘chirma beriladi.

Top