Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani böyiça ma'lumot test sinovlari yakunlangan kundan boşlab bir hafta muddat içida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Talabalikka tavsiya qilinmagan abituriyentlar belgilangan kvotadan taşqari qöşimça tölov-kontrakt böyiça öqişga qabul qilinişi mumkin.
Belgilangan kvotadan taşqari qöşimça ravişda tölov-kontrakt böyiça öqişga qabul qiliş Oliy ta'lim muassasalarining takliflariga muvofiq, ularning imkoniyatlari, tanlov va töplangan ballar miqdoridan kelib çiqib, Davlat komissiyasi qarori asosida belgilanadi.
Qöşimça qabulni amalga oşiriş takliflari oliy ta'lim muassasalari tomonidan böysunuvi böyiça vazirlik va idoralar bilan kelişilgan holda 15 oktyabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi.
Davlat komissiyasi oliy ta'lim muassasalarining imkoniyati, tanlov va töplangan ballar miqdoridan kelib çiqib, oşirilgan tölov-kontrakt şarti bilan abituriyentlarni qöşimça qabul qiliş körsatkiçlari yuzasidan 20 oktyabrga qadar qaror qabul qiladi.












