19:53 / 20.08.2019
5022
Italiya bosh vaziri iste'foga chiqishini e'lon qildi
Foto : RIA Novosti / Mixail Klimentev Pereyti v fotobank

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte senatda qilgan chiqishida respublika prezidentiga iste'foga chiqish to‘g‘risida ariza berishini ma'lum qildi.

8 avgust kuni "5 yulduz harakati" va "Liga" partiyasi tuzgan hukmron koalitsiya faoliyatini to‘xtatdi. Bosh vazir o‘rinbosari va "Liga" yetakchisi Matteo Salvini Kontega ittifoqchilar bilan jiddiy kelishmovchilik mavjudligini ma'lum qildi va tezroq muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni talab qildi.

Konte yuzaga kelgan siyosiy inqiroz uchun javobgarlikni Salvini zimmasiga yukladi.

Italiya konstitutsiyasiga muvofiq, parlamentni tarqatish va yangi saylovlar belgilash huquqi prezident Serjo Mattarellega tegishli.

Top