15:56 / 22.08.2019
24823

Ryazanda neft qoldig‘ini tozalash vaqtida o‘zbekistonlik migrant hayotdan ko‘z yumdi

Foto: KP-Ryazan

Joriy yilning 20 avgust kuni Ryazandagi sobiq «Ximvolokno» zavodi hududida mazut (neft qoldig‘i)ni saqlash uchun mo‘ljallangan rezervuar (suyuqliq yoki gaz saqlanadigan katta idish)ni tozalash paytida uch kishi noma'lum modda bilan zaharlandi. Natijada, 26 yoshli erkak hayotdan ko‘z yumdi, 27 yoshli ikki kishi jabrlandi, deya xabar qilmoqda mahalliy OAV.

Foto: KP-Ryazan

Hayotdan ko‘z yumgan shaxs va jabrlangan - O‘zbekiston fuqarolari. Uchinchi erkak ularga yordam berishga harakat qilgan va u ham noma'lum modda bilan zaharlangan.

Jabrlanuvchilardan biri og‘ir ahvolda, u jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ikkinchisi o‘rtacha og‘irlikda bo‘lib, kasalxonaga olib ketildi.

Mavzu
Migrantlar fojiasi
Xorijda mehnat qiluvchi o‘zbekistonliklar turli baxsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lishi holatlari davom etmoqda
Barchasi
Mavzuga oid
Top