22 fevral kuni Toşkent IES faoliyatini Ekologik partiya, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi, Boş prokuratura vakillari hamda Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputatlaridan iborat işçi guruh örganib çiqdi. Işçi guruh xulosasiga köra, stansiya Toşkent şahri havosining ifloslanişiga sabab böluvçi zararli moddalar çiqarayotgani aniqlangan.

Toşkent IES elektr energiyasi va issiqlik energiyasi uzilişlarining oldini oliş maqsadida mazutdan foydalanayotgani ma’lum bölgan. Şuningdek, elektr energiyasi işlab çiqariş böyiça mavjud uskunalarning ma’nan eskirgani, atmosfera havosiga zararli moddalar ajralib çiqişining oldini olişga xizmat qiladigan texnologiyalarga zarurat borligi ham aytildi.

Işçi guruh holatdan kelib çiqib quyidagiça tavsiyalar berdi:

– korxonada atmosfera havosiga çiqarilayotgan taşlamalardan namunalar oliş va tahlil qiliş uçun avtomatik tizimlarni joriy qiliş;

– stansiyadagi quvurlarga atmosfera havosini ifloslantiruvçi moddalarni kamaytiruvçi filtrlar örnatiş;

– atmosfera havosining ifloslaniş darajasini aniqlaş uçun statsionar kuzatuv postlarini örnatiş;

– stansiyadagi neft mahsulotlari bilan ifloslangan suvlarni birlamçi tozalaş hovuzi ma’nan eskirganligi sababli kapital ta’mirlaş işlarini olib boriş.

Mas’ullar berilgan taklif va tavsiyalarning “Toşkent IES” aksiyadorlik jamiyati tomonidan işlab çiqariş jarayoniga joriy qilinişi yuzasidan Energetika vazirligidan aniq çoralar körişni söragan.

Bundan taşqari, holat böyiça Boş prokuratura, Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi va hukumatga asoslantirilgan tuşuntiriş beriş, öz nuqtai nazarini bayon etiş yuzasidan deputatlik sörovi ham yuborilgani hamda partiya tomonidan doimiy jamoatçilik nazorati olib borilib, keng jamoatçilik xabardor qilib borilişi qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, 30 yanvar kuni parlamentda ötgan yiğilişda ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov havo ifloslanişiga oid hisoboti bilan çiqdi va PM2,5 dispersli zarraçalarning 20 foizi kömir va mazut hissasiga töğri kelişini aytgandi