Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent IESdan çiqayotgan qora tutun Toşkent şahriga kirib kelayotgani videosi tarqalgandi. Ekologiya, atrof-muhitni muhoza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi holatni örgangani ma’lum qildi.
23–31 yanvar kunlari Ekologiya vazirligi tomonidan Toşkent viloyati, Qibray tumani, Salar şaharçasida joylaşgan “Toşkent IES” (issiqlik elektr stansiyasi) faoliyati tekşirilgan. Aniqlanişiça, tekşiruv davomida korxonada gaz asosiy yoqilği hisoblangani, şuningdek, qöşimça yoqilği sifatda mazutdan foydalanilgan. Şu sababli Toşkent şahri havosini tutun qoplagan.
Tekşiruv natijalariga köra, issiqlik elektr stansiyasiga atrof-muhitni ifloslantirgani uçun 1 mlrd 23 mln söm (atrof-muhitni ifloslantirganlik uçun 759 mln, neft mahsulotlari bilan yerni ifloslantirganlik uçun 264 mln) miqdorida kompensatsiya belgilangan.
“Bundan taşqari, IESga aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan 16 banddan iborat majburiy körsatmalar berildi. Ayni damda töplangan hujjatlar huquqbuzarlikka yöl qöygan IES mansabdor şaxslariga tegişli çora köriş maqsadida sud organlariga yuborilmoqda”, – deyiladi vazirlik rasmiy xabarida.

Ma’lumot uçun, vazirlik 2018 yilda Toşkent IESda 118,9 ming tonna mazut sarflangani va 2023 yilda bu körsatkiç 270 ming tonnadan oşganini (ösiş 2,3 barobar) ma’lum qilgandi.













