21:50 / 24.08.2019
4251

Hongkong politsiyasi 30ga yaqin namoyishchini hibsga oldi

Foto: REUTERS / Thomas Peter

Hongkong politsiyachilari shanba kuni shaharning qator joylarida tartibsizliklar uyushtirgan 28 nafar namoyishchini hibsga oldi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar berdi.

Kunduz kuni yuzlab faollar Kvun Tun kvartalida to‘planishdi. Namoyishchilarning bir guruhi hokimiyat tomonidan belgilangan yo‘nalishdan chiqib ko‘chalarni to‘sa boshlashdi va g‘ishtlar bilan qurollana boshlashdi. Tartib posbonlariga turli buyumlar, yonuvchi aralashma solingan shishalar uloqtirildi. Shundan so‘ng politsiya olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalandi.  

Bir necha kishi jaorhatlandi.  

Oqshomga yaqin namoyishlar Von Tay Sing va Sham Shuy Po rayonlariga ko‘chdi. Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, politsiya xodimlari ko‘zlarini lazer bilan qamashtirishdi. Shundan so‘ng namoyishchilar kuch bilan tarqatib yuborildi.

Hongkongdagi namoyishlar ikki oydan buyon davom etmoqda.

Top