Yanvar oyi örtalarida firibgarlar dipfeyk yordamida transmilliy kompaniyaning Hongkongdagi filiali moliyaçisini korporativ hisob raqamidan 25 million dollardan ortiq pul ötkazişga majburlagan. Bu haqda Hongkong politsiyasiga tayanib, South China Morning Post xabar berdi. Xodimning ismi va korporatsiya nomi oşkor etilmadi.

Dipfeyk – bu kompyuter yordamida yaratilgan video yoki audio kontent bölib, unda bir şaxsning yuzi yoki ovozi juda işonçli tarzda boşqa şaxsning yuzi yoki ovozi bilan almaştirilişi mumkin. Buning uçun sun’iy idrok texnologiyalari, jumladan, maşinani öqitiş va neyron tarmoqlaridan foydalaniladi.

Hongkong politsiyasi boşliği Baron Çan Şun-Çin sözlariga köra, firibgarlar birinçi navbatda moliyaçiga kompaniyaning Buyuk Britaniyadagi boş moliyaviy direktoriniki deb körsatilgan soxta elektron poçta xabarini yuborişgan. Unda ular 25,6 million dollarlik «maxfiy pul ötkaziş»ni talab qilişgan.

Moliyaviy bölim xodimi bundan şubhalanganda, firibgarlar uni «rahbariyat» va boşqa «hamkasblar» bilan videomuloqotga taklif qilişadi. Moliyaçining sözlariga köra, u uşbu yiğilişda qatnaşgan ayrim xodimlarni tanigan va ular haqiqiy hayotdagidek köringan. Bu suhbatdan keyin firibgarlar filial xodimi bilan yana bir neça kun elektron poçta, messenjer va videokonferensiya orqali muloqot qilişda davom etişadi. Natijada, ular uni turli hisoblarga 15 ta pul ötkazmasini amalga oşirişga köndirişadi. Moliyaçi ularning jinoyatçi ekanini bir hafta ötgaç, korporatsiyaning haqiqiy boş ofisi bilan boğlanganida tuşunadi.

Politsiyaning ma’lum qilişiça, moliyaçi bilan video uçraşuvlarda gaplaşganlarning hammasi yuzi özgartirilgan firibgar bölgan. Dipfeyk yaratiş uçun ular kompaniya xodimlarining ommaviy oçiq videolaridan foydalangan. Suhbat davomida ular muloqotga kirişmagan va faqat körsatmalar bergan. Şuningdek, firibgarlar şu yöl orqali boşqa xodimlarni ham pul ötkazişga undab körişgan, ammo muvaffaqiyatsiz.

Naşrning qayd etişiça, bu Hongkongda moliyaviy jinoyatlar uçun dipfeyk birinçi marta qöllanayotgani yöq. Biroq ilgari firibgarlar unçalik murakkab bölmagan usullarni tanlaşardi. Köpinça jinoyatçilar dipfeyk orqali birovning nomidan kredit olişga urinişgan. Yanvar oyi boşida Hongkong politsiyasi şunday jinoyatlarda ayblangan 6 kişini hibsga olganini ma’lum qilgan edi.