Özbekiston milliy terma jamoasining Hongkongga qarşi öyini tugagaç bir guruh muxlislar tartib-qoidalarni buzib stadionga çiqib ketişgan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
2024 yil 26 mart kuni Toşkentdagi Bunyodkor stadionida Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2026 hamda Osiyo kubogi-2027 qöşma saralaş bosqiçi doirasida Hongkong terma jamoasini qabul qildi.
Öyinda milliy jamoa raqib ustidan yirik ğalabaga erişib, hal qiluvçi 3-saralaş bosqiçi va Saudiya Arabistonida ötadigan Osiyo kubogi-2027ga yöllanmani qölga kiritdi.
Şu kuni öyin tugagandan söng bir neça nafar futbol işqibozlari tartib-qoidalarni buzgan holda stadion maydoniga çiqib ketişgan.
Ular huquqni muhofaza qiliş xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga ham qarşilik körsatgan. Şundan söng ular Çilonzor tumani IIBga olib borilgan.
Tartibbuzarlarning 6 nafari voyaga yetmagan şaxs bölgani uçun MJtKning tegişli moddalariga asosan ularning ota-onalari jarimaga tortilgan.
Qolgan uç nafar şaxsga nisbatan ham ma’muriy bayonnomalar tuzilib, qonuniy qaror qabul qiliş uçun jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudiga yuborilgan.
Sud tomonidan qoidabuzarlarning ikki nafariga MJtKning 183 va 194-moddalariga binoan 5 sutkadan, yana bir şaxsga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Sport şarhlovçisi Davron Fayziyevning ma’lum qilişiça, OFK muxlislarning uşbu tartibsizligi uçun Özbekiston futbol assotsiatsiyasini jarimaga tortgan.













