01:00 / 30.08.2019
0
31222

Turkmanistonda prezident o‘g‘li paxta terish bo‘yicha birinchi bo‘lishi kerakligi uqtirildi – OAV

Foto: Xronika Turkmenistana

Turkmaniston qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligida viloyatlar rahbarlari ishtirokida paxta hosilini yig‘ib olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri yozmoqda.

Yig‘ilish boshida vazir Mahtumuli Bayramdurdiyev yig‘ilganlarni paxta terish bo‘yicha rejani o‘z vaqtida bajarish va tezroq bug‘doy ekish uchun bor kuchni sarflashga chaqirgan. 

Biroq shundan keyin gubernatorlarga paxta yig‘ish rejasini birinchi bo‘lib Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov rahbarlik qiluvchi Axal viloyati bajarishi kerakligi uqtirilgan.

Viloyat rahbarlariga unga bunda har tomonlama yordam ko‘rsatish, jumladan viloyatga o‘z paxta terimchilarini yuborish vazifasi yuklangan.

Bir qator mutaxassislar fikricha, Turkmaniston prezidenti o‘z lavozimini tark etgach uning o‘rnini aynan Sardor Berdimuhamedov egallashi ehtimoli yuqori.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top