08:23 / 03.09.2019
5359

Oqqo‘rg‘onda tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simlikni parvarishlayotgan shaxs aniqlandi

2019 yil 20 avgust kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Uning davomida “Mustaqillik” MFYda yashovchi 38 yoshli L.M.ning uyi tomorqasidan 2 kg. 600 gr. “kannabis” giyohvand moddasi topilgan hamda 7 tup “kannabis” giyohvand o‘simligini parvarishlayotganligi aniqlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, L.M. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top