11:03 / 03.09.2019
5529

Shahrisabzda gaz balloni portlashi oqibatida 4 yoshli qiz kuyish jarohati oldi

2019 yil 1 sentabr kuni soat 17:30larda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida yashovchi 27 yoshli Yu.K. ismli ayol uyi oshxonasidagi gaz plitasini yoqish uchun gugurt chaqqanda gaz ballonidan sizib chiqib, to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Yu.K.ning oshxonada bo‘lgan 4 yoshli qizi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, uyingizda gaz ballonlaridan foydalanayotganingizda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiling. Shunda siz o‘zingizni va yaqinlaringizni hayotini saqlab qolgan bo‘lasiz”, - deyiladi IIV xabarida.

Top