07:28 / 05.09.2019
0
3948
Eron Stena Impero kemasi ekipajining bir qismini qo‘yib yubordi
Foto: AP Photo / Tasnim News Agency

Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Margot Vallstryom Eron hukumati iyulda ushlagan shved tankeri Stena Impero ekipajining bir necha a'zosini ozod qilganini ma'lum qildi.

“Shved kompaniyasiga tegishli bo‘lgan va Britaniya bayrog‘i ostida suzgan Stena Impero ekipajining bir qismi ozod qilinganini qalbda yengillik bilan ma'lum qilamiz. Jamoaning qolgan qismi ozod qilinishini intiqlik bilan kutib qolamiz. Bu Eron tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralarimning mavzularidan biri bo‘ldi. Muloqot – kuchli siyosiy vosita”, deb yozgan Vallstryom tvitterda.

Avvalroq Eron tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Abbos Musaviy ekipajning 7 a'zosi Eronni tark eta olishini ma'lum qilgandi. Kemada uning dengizga chiqa olishi uchun minimum sonda dengizchilar qolmoqda.  

Tanker 19 iyulda Islom inqilobi soqchilari korpusi tomonidan Eron suv hududida qo‘lga olingan va Bandar-Abbos portiga olib ketilgan. Tanker ekipaji 23 kishidan iborat bo‘lib, Eron ular sog‘-salomatligini, tanker esa portda langarda turganini ma'lum qilgan . Ushbu voqea Tehronning Gibraltar tomonidan Eron tankerining ushlanishiga javobi bo‘lgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top