01:44 / 07.09.2019
2
40681
Dunyoning eng ko‘p tashrif buyuriluvchi shaharlari ma'lum qilindi 

Tailand poytaxti Bangkok Mastercard talqini bo‘yicha dunyoning eng ko‘p tashrif buyuriluvchi shahri nomini o‘zida saqlab qoldi.

Bangkok
Foto: Wikipedia

Mastercard’ning Global Destination Cities Index reytingiga ko‘ra, 2018 yilda Bangkok 23 mln mehmonni qabul qilgan.

Parij
Foto: Wikipedia

Uning ortidan reytingning keyingi o‘rinlarini Parij va London egallamoqda. Fransiya poytaxtiga 19,1 mln, Londonga 19,09 mln mehmon tashrif buyurgan.

London
Foto: Wikipedia

Keyingi o‘rinlarni Dubay (15,9 mln kishi), Singapur (14,6 mln), Kuala-Lumpur (13,7 mln), Nyu-York (13,6 mln), Istanbul (13,4 mln sayyoh), Tokio (12,9 mln) hamda Antalya (12,4 mln) egallagan.

Reyting Jahon sayohatlar va turizm kengashi hamda havo transporti xalqaro uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra tayyorlangan. Bunda tunash uchun qolgan xorijiy mehmonlar soni va ularning xarajatlari hisobga olingan.

2018 yil yakunlariga ko‘ra, sayyohlarning umumiy xarajatlari bo‘yicha birinchi o‘rinni 30,8 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan Dubay egallagan.

Keyingi o‘rinni Makka 20,9 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan egallagan. 

Bangkokda sayyohlar 2018 yilda 20,03 mlrd dollar, Singapurda esa 16,56 mlrd dollar sarflashgan.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top