Özbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankiga qöşilişi mumkin
Bu haqda 15 may kuni taşkilot rahbari Nikolay Podguzov ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, bank va Özbekiston örtasida muzokaralar olib borilmoqda va köplab pozitsiyalar böyiça yaqinlaşuv kuzatilgan. Şu sababli, hozirgi vaqtda Özbekiston bankka qöşiliş uçun eng real nomzod deb körilyapti.
2006 yilda taşkil etilgan, ustav kapitali 7 mlrd dollarga teng bu xalqaro moliya taşkiloti mintaqada iqtisodiy integratsiyani qöllab-quvvatlaşga qaratilgan investitsiya faoliyatini amalga oşiradi.
Yevrosiyo taraqqiyot bankiga Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston a’zo. Eslatib ötamiz, bu röyxatdagi Tojikistondan taşqari qolgan 5 ta davlat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga ham kiradi. Özbekiston 2019 yildan beri bu ittifoqqa ham a’zo böliş istiqbollarini örganib kelyapti.
Xitoyga taşrif – iqtisodiy kelişuvlar
Şavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat taşrifi çoğida Xitoy kompaniyalari Özbekistondagi elektr tarmoqlarini yangilaşga jalb etilişi ma’lum qilindi.
Xitoyning Sian Electric Engineering kompaniyasi Özbekistondagi elektr uzatiş liniyalari va nimstansiyalarni qurişga mablağ ajratadi. Energy China investitsion kompaniyasi esa Buxoro va Qaşqadaryo viloyatlarida quyoş fotoelektr stansiyalari, Universal Energy kompaniyasi şamol elektr stansiyalari qurilişini moliyalaştiradi.
Şuningdek, “Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston” temiryölini quriş böyiça muzokaralarning yangi bosqiçiga ötildi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bölgan, endilikda u ekspertizadan ötkaziladi. 18 may kuni imzolangan uç tomonlama kelişuv temiryölni quriş loyihasini işlab çiqiş va moliyalaştiriş modelini aniqlaşga qaratilgan.
Xitoydan Özbekistonga temiryöl qurilsa, Şarqiy Osiyodan Yaqin Şarq va Janubiy Yevropagaça yöl taxminan 900 km, yuk taşiş muddatlari esa 1 haftaga kamayadi. Bu yöldan yiliga 12-15 million tonna yuk taşilişi mumkin.
















