14:30 / 09.09.2019
0
3274
British Airways uchuvchilarning ish tashlashlari sababli deyarli barcha reyslarni bekor qildi
Foto: Getty Images

British Airways aviakompaniyasi uchuvchilarning 48 soatlik ish tashlash e'lon qilishlari sababli deyarli barcha reyslarni bekor qildi.

Aviakompaniya bayonotida aytilishicha, ishga nechta uchuvchi kelishi va qaysi samolyotlarni boshqarishi noma'lum. Shu bois British Airways deyarli barcha reyslarni bekor qilishga majbur. Aviakompaniya kuniga 850tagacha parvozni amalga oshiradi.

British Airways uchuvchilar kasaba uyushmasi bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma'lum qilgan. Hozircha esa aviakompaniya yo‘lovchilarga parvozni kechiktirish yoki chipta uchun to‘langan pullarini qaytarib olishni taklif qilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top