British Airways aviakompaniyasining Boeing 747 samolyoti uşbu turdagi samolyotlar uçun eng qisqa reysni amalga oşirdi. Bu haqda Daily Star naşri xabar berdi.
Samolyot Uelsdagi Kardiff aeroportidan Seynt Atan harbiy bazasigaça 6,4 kmga yaqin masofani 9 daqiqada uçib ötgan. Samolyot 25 noyabr soat 11:09da parvozni boşlab, 1143 metr balandlikka kötarilgan va dengiz tomon yönalgan. Söngra ortiga burilib, pastlay boşlagan va soat 11:18da belgilangan manzilga qöngan.
Bu kompaniyaning uşbu turdagi samolyoti uçun oxirgi parvoz bölgan. Harbiy bazada samolyot bölaklab taşlanadi.
Avvalroq British Airways öz flotidan barça Boeing 747 samolyotlarini köp miqdorda yonilği sarflaşi sababli sekin-asta foydalanişdan çiqarişini ma'lum qilgandi. Dastlab eng eski samolyotlar utillaştirişga jönatiladi, 2024 yilda esa aviakompaniya eng zamonaviy Boeing 747’larni foydalanişdan çiqaradi.
Avvalroq noyabrda Avstraliyaning Qantas Airlines aviakompaniyasi tarixdagi eng uzoq davom etgan reysni amalga oşirdi. Boeing 787-9 Dreamliner samolyotining Londondan Sidneyga parvozi 19 soat 19 daqiqa davom etgan. Bu vaqt içida samolyotdagi 50 yölovçi quyoş çiqişini ikki marta – Yevropa va Osiyoda körişga muvaffaq bölgan.







