International Consolidated Airlines Group S.A. (IAG) aviaguruhiga kiruvçi British Airways aviakompaniyasi pandemiya şaroitida aviataşuvlarga bölgan talabning tuşib ketişi natijasida keng fyuzelyajli Boeing 747-400 samolyotlaridan rejalaştirilganidan tört yil avval voz keçadi.
"Ulkan nadomat bilan barça 747 flotimizdan foydalanişni zudlik bilan töxtatişni taklif qilamiz", - deya kompaniya vakilining sözlaridan iqtibos keltiradi MarketWatch.
Aviakompaniyaning qayd etişiça, "taşuvlarga bölgan talab tuşib ketganligi sababli British Airways boşqa heç qaçon bu modeldagi samolyotlardan foydalanmaydi".
British Airways aviaparkida 31ta Boeing 747-400 samolyoti bor edi.
Aviakompaniya Boeing 747-400 samolyotlaridan foydalanişni 2024 yildan töxtatiş, ular örnini 787 Dreamliner yoki Airbus A350 bilan töldirişni rejalaştirgandi.
IAG rahbari Uilli Uolş British Airways "yaşaş uçun kuraşayotgan"ligini qayd etdi.









