23:24 / 12.09.2019
0
7014
Turkiya janubidagi yo‘lda yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning janubidagi Kulp va Mush shaharlari o‘rtasidagi avtomobil yo‘lidan avtomobil o‘tishi vaqtida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi yaralandi. Bu haqda Diyorbakir viloyati gubernatori ma'muriyatida ma'lum qilindi. 

Jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. NTV telekanalining xabar berishicha, portlash vaqtida mikroavtobus yo‘lovchilari jabrlangan. Taxmin qilinishicha, portlashga yo‘lga yashirilgan mina sabab bo‘lgan.

Diyorbakirda Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari harakat qiladi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top