Qozog‘istonda gaz ballon portlashi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari og‘ir jarohatlandi
Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, yetti kishi jarohatlangan, shundan ikki nafari o‘zbekistonliklar.
Qozog‘istonning Qarag‘anda oblastidagi ikki qavatli uyda gaz balloni portlashi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari ham jarohatlangan. Bu haqda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi xabar berdi.
Qarag‘anda oblastidagi portlash 30 yanvarga o‘tar kechasi Buxoro-Jirau rayoni, Bo‘taqara posyolkasida sodir bo‘lgan. Bu yerda 12 xonadonli uyning ikkinchi qavati qulab, birinchi qavatni bosib qolgan. Oqibatda jami maydoni 300 kv.m bo‘lgan yettita kvartiraga zarar yetgan.
Uyda jami 46 kishi yashagan, portlash vaqtida 35 kishi bo‘lgan. Qutqaruv ishlari davomida yetti kishi vayronalar ostidan olib chiqilgan, shundan besh kishi mahalliy shifoxonaga yotqizilgan, ularning uch nafari bolalar. Hudud rahbari yana ikki kishi xarobalar ostida halok bo‘lganini tasdiqlagan.
Rayon hokimi Ablay Sultangalining ma’lum qilishicha, dastlabki versiyaga ko‘ra, portlashga gaz ballondan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgan — gaz ballon sovuqdan issiq xonaga olib kirilgan.
Elchixona jabrlanganlar orasida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ham og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan. Jumladan, 1989 yilda tug‘ilgan Rustem Umaraliyevich Xoldarov tanasining 80 foizi, 1987 yilda tug‘ilgan Nuriddin Odiljonovich Hakimov tanasining 35 foizi kuygan, yopiq miya shikastlanishi, umurtqa sinishi kuzatilgan.
Elchixona bu masalani nazoratga olgani, Qarag‘anda oblasti politsiyasi, favqulodda vaziyatlar bo‘limlari bilan aloqada bo‘lib turganini qo‘shimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganligi o‘rganiladi
O‘zbekiston | 18:39
-
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi
O‘zbekiston | 18:12
-
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 18:09
-
Tramp prezidentlikka kirishgan kuniyoq bir necha sudga berildi
Jahon | 18:05
Mavzuga oid
18:40 / 05.01.2025
Las-Vegasdagi portlash: haydovchi amerikaliklarga xat qoldirgan
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
19:58 / 19.12.2024