Buxoro şahridagi savdo dökonlaridan birida portlaş sodir bölgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, bugun, 1 mart kuni soat 8:57larda Buxoro şahri, “Yoşlik” MFY, Alpomiş köçasida joylaşgan 2-qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari dökonida çaqnaş sodir bölgan. Bunga dökon yertölasida gaz-havo aralaşmasi sabab bölgani taxmin qilinmoqda.
Çaqnaş oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tuşgan. Hozirda çaqnaş sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida yonğin sodir bölmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida xalok bölgan hamda yana 1 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yuborilgan.
Voqea joyiga viloyat va şahar FVB rahbariyati hamda yonğin-qutqaruv ekipajlari, IIB, prokuratura, “Hududgazta’minot” va Soğliqni saqlaş boşqarmasi xodimlari çiqişgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.












