21:43 / 15.09.2019
0
6372

Keniyalik yuguruvchi Kipsang yarimmarafonda jahon rekordini o‘rnatdi

Foto: EPA-EFE/ANDREW GOMBERT

Keniyalik yuguruvchi sportchi Jyeffri Kipsang Daniya poytaxti Kopenhagen shahrida bo‘lib o‘tgan yarimmarafon (21,1 km) da jahon rekordini yangiladi. Uning natijasi 58 daqiqayu 1 soniyani tashkil etdi, deb yozmoqda TASS.

Yengil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (IAAF) hozircha natijani ratifikatsiya qilmagan. Avvalgi rekord uning hamyurti Abraham Kiptum (58 daqiqayu 18 soniya) ga tegishli bo‘lgan va Ispaniyaning Valensiyasida 2018 yilning 28 oktyabrida o‘rnatilgan edi.

Kopenhagendagi yarimmarafonga qatnashish uchun Kipsang Qatar poytaxti Doha shahrida 27 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar o‘tkaziladigan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida qatnashishdan ham voz kechgan.

Kipsang 10.000 metrga yugurish bo‘yicha 2015 yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori hisoblanadi. Keniyalik yuguruvchi yarimmarofonda uch marta jahon birinchiligi g‘olibi ham bo‘lgan. Yarimmarafon olimpiya sport turi hisoblanmaydi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top