12:10 / 16.09.2019
0
3729

Abdulaziz Komilov Indoneziyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi

2019 yilning 16 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Indoneziya Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

Vazir sobiq prezident Bahoruddin Yusuf Habibiyning vafot etgani munosabati bilan samimiy ta'ziya izhor etgan va elchixonada ochilgan hamdardlik kitobiga tegishli qaydni kiritgan.

Indoneziya sobiq prezidenti Bahoruddin Yusuf Habibiy 11 sentabr kuni 83 yoshida vafot etdi. Mamlakatning uchinchi prezidenti bo‘lgan Bahoruddin Yusuf Habibiy Germaniyada texnik ta'lim olgan, 1978 yildan boshlab Indoneziya Texnologiyalar va tadqiqotlar vazirligini 20 yil davomida boshqargan. 1998 yil mayda prezident Hoji Muhammad Suxartoning iste'fosidan keyin prezident lavozimini egallagan va parlament yangi prezidentni saylaguncha, ya'ni 1999 yil oktyabrigacha ushbu lavozimda qolgan.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top