Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi ikki uçuvçisi içki reys paytida 28 daqiqaga uxlab qoldi, deya xabar beradi Indoneziya Transport xavfsizligi milliy qömitasi (KNKT).
Hodisa yanvar oyida Kendaridan poytaxt Jakartaga parvoz qilayotgan Airbus A320 bortida sodir bölgan. Samolyotda 153 yölovçi bölgan va u 11 km balandlikda uçib ketayotgandi.
Samolyotning 32 yoşli kapitani havoga kötarilganidan bir yarim soat ötgaç, ikkinçi uçuvçining roziligini olib, uxlab qolgan. 45 daqiqadan söng kapitan uyğonib, 28 yoşli ikkinçi uçuvçiga dam olişni taklif qilgan, biroq u buni rad etgan, şundan söng kapitan yana uxlagan. Keyingi 20 daqiqa davomida ikkinçi uçuvçi aviadispetçerlar bilan boğlanib, bort kuzatuvçilari bilan muloqot qilgan, biroq tez orada özi ham uxlab qolgan. Ayni paytda, yer usti xizmatlari ular bilan boğlanişga harakat qilgan, biroq javob bölmagan. Ikkinçi uçuvçining sönggi yozib olgan sözidan 28 daqiqa ötgaç, kapitan uyğonib, samolyot yönalişidan çiqib ketganini va şerigi uxlab yotganini körgan. U dispetçerlarga «radio-aloqa bilan boğliq muammolar» borligini aytgan, şundan söng samolyot heç qanday muammosiz Jakartaga qöngan.
Parvoz davomiyligi 2 soat-u 35 daqiqani taşkil etdi. Qisqa magistraldagi parvozlar qoidalari ikki uçuvçidan biriga qisqa vaqt uxlab olişga imkon beradi, ikkinçisi esa bu paytda parvozni boşqaradi.
KNKT ma’lumotlariga köra, ikkinçi uçuvçi parvoz oldidan keçasi yetarliça dam olmagan, çunki rafiqasiga uyda ikki oylik egizaklarini qaraşga yordam bergan.
Batik Air parvozlar xavfsizligini yaxşilaş böyiça barça tavsiyalarni bajarişga va’da berdi. Uçuvçilarning parvozlari vaqtinça töxtatildi.
Indoneziya transport vazirligi voqea yuzasidan Batik Air kompaniyasini «qattiq ogohlantirdi», dedi vazir Kristi Enda Murni. U aviakompaniyalarni xodimlarining qança dam olişiga e’tibor qaratişga çaqirdi va tungi reyslarni tekşirişga va’da berdi.













