Osiyo kubogi-2023 Qirğiziston uçun omadsiz yakunlanib, qöşnilarimiz 3 öyinda atigi bitta gol kiritgan holda turnirni tark etişdi. Kojo Joel tomonidan Ummon darvozasiga kiritilgan yagona gol qirğizlarga bir oçkoni keltiriş bilan birga Qatardan uyiga qaytişga yaqin turgan Indoneziyaga öz tarixidagi ilk pley-off yöllanmasini taqdim etdi. Natijada, «Dinamo» klubi hujumçisi qariyb 275 million aholiga ega bu mamlakat qahramoniga aylandi.

«Dinamo»da «yil öyinçisi»ga aylangan Kojo

Asli ganalik bölgan Kojo Joel 2023 yil boşida Qirğizistonning «Dordoy» klubidan Samarqandning «Dinamo» klubiga qöşilgandi. Vadim Abramov qöl ostida Pro ligadagi bir mavsumda 17 öyinda 12ta gol, Özbekiston kubogida esa 4ta gol kiritib, jamoasi bilan Superligaga yöllanma oldi, Özbekiston kubogida esa yarimfinalga yetib bordi. Pro liga töpurarlari orasida 2-örinni egallagan hujumçi «Dinamo» muxlislari tomonidan jamoaning 2023 yildagi eng yaxşi öyinçisi deb topiladi. Kojo Joel qirğiz qiziga uylangan, ötgan yili esa uşbu mamlakat fuqaroligini olib, ilk bor Qirğiziston milliy jamoasiga taklif etilgandi.

Osiyo kubogidagi omadsiz start va omadli yakun

Qirğiziston milliy jamoasi Osiyo kubogi-2023 bahslarini Tailandga qarşi öyin bilan boşlab, 0:2 hisobida mağlubiyatga uçragaç, uşbu bahsda ikkita yaxşi imkoniyatidan foydalana olmagan Kojo Joel boş murabbiy tomonidan zaxiraga ötqazib qöyildi va Saudiya Arabistoni bilan bahsda (0:2) «Dinamo» hujumçisi maydonga tuşirilmadi. Qirğiziston keyingi bosqiçga çiqiş uçun 3-turda Ummonni kamida ikki töp farqi bilan mağlub etişi talab etilardi. Şu bois qöşnilarimiz boş murabbiyi Ştefan Tarkoviç Kojo Joelni asosiy tarkibga qaytardi. Ummon bilan öyinda raqib jamoa hisobda oldinda borayotgan va 80-daqiqada Kojo jamoasining Osiyo kubogi-2023dagi yagona goliga mualliflik qilib, Qirğizistonga ilk oçkoni keltirdi – 1:1. Şunga qaramay, qirğizlar guruhda 4-örinni egallab, turnirni tark etişdi.

Kojo – Indoneziya qahramoni

Qirğiziston – Ummon öyinida durang qayd etilgan taqdirda, Osiyo kubogi-2023 nimçorakfinalining sönggi 16-yöllanmasi kutilmaganda Indoneziyaga nasib etardi. Bu mamlakat jamoasi guruhda Iroq va Yaponiyadan 3tadan gol ötkazib yuborgan va penaltidan kiritilgan yagona gol evaziga Viyetnamni mağlub etgan bölsa-da, 3 oçko hamda -3 töplar nisbati bilan keyingi bosqiçga çiqişdan deyarli umidini uzgandi. Uyga qaytiş uçun samolyotga çipta buyurtma berişga yaqin turgan indoneziyaliklarni Kojo Joel öz goli bilan Qatarda qoldirdi va ularning öz tarixida ilk marta Osiyo kubogi pley-off bosqiçiga yöllanma olişiga sababçi böldi.