19:23 / 16.09.2019
0
9842
Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Toshkent shahar IIBBda yangi tayinlov amalga oshirildi. 

Mayor Ilhom Istamovich Fayzullayev Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Ilhom Fayzullayev 1981 yil Buxoro viloyatida tavallud topgan. Ma'lumoti oliy, 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti) tugallagan.

Ichki ishlar organlarida xizmatni 2008 yilda Toshkent shahri Yunusobod tumani IIB (hozirda Yunusobod tumani IIO FMB) Tergov bo‘limi tergovchisi sifatida boshlagan. 2010-2016 yilladra Toshkent shahar Yunusobod tumani IIB Tergov bo‘limi bo‘linmasining katta tergovchisi, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchi bo‘lib xizmat qilgan.

U 2016-2017 yilning may oyigacha Toshkent shahar Mirobod tumani IIB (hozirda Mirobod tumani IIO FMB) Tergov bo‘limi bo‘linmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2017 yil may oyidan 2018 yilning mart oyiga qadar Toshkent shahar Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari-surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i, 2018 yilning mart oyidan 2019 yilning aprel oyigacha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB 8-son Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i, Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB  4-son ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimlarida xizmat olib borgan.

2019 yilning aprel oyidan avgustga qadar – Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari – TB tergov bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish bo‘linmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top