Içki işlar vazirligi gospitalida IIB xodimi vafot etdi. Holat 2023 yilning 25 dekabr kuni sodir bölgan: oyoği operatsiya qilingan kapitan Şuhrat Rustamov kutilmaganda soğligi yomonlaşib, jonlantiriş bölimida vafot etgan. U Toşkent viloyati Toşkent tumani IIBda ştab boşliği lavozimida işlayotgan edi.

Kun.uz’ga murojaat qilgan marhumning yaqinlariga köra, u ölimidan bir kun oldin gospital tomonidan göyoki öziga qilingan, ammo aslida qilinmagan dori-darmonlar röyxatiga imzo qöyiş masalasida şifokor bilan tortişib qolgan.

“Ukam sportçi yigit edi, futbol böyiça turli musobaqalarda qatnaşib, sovrinli örinlarni qölga kiritib kelardi. Yutuqlari köp edi.

2023 yilning kuz oylarida IIV tizimidagi futbol musobaqasida iştirok etib, oyoğidan jarohat oldi. 18 dekabr kuni oyoğini operatsiya qildiriş maqsadida Içki işlar vazirligi gospitaliga borib yotdi. 20 dekabr kuni operatsiya böldi. Holati, kayfiyati yaxşi edi. Deyarli har kuni gaplaşib turardik. Ölimidan bir kun oldin ham gaplaşganman, ertaga keling, gospitaldan çiqaman, şifokorlar yaxşi qaraşmayapti, degandi.

25 dekabr kuni ertalab Böstonliq tumani IIBdan menga qönğiroq qilib, ukam jonlantiriş bölimiga tuşib qolganini, tezroq borişim kerakligini aytişdi. Dadamni olib soat 9:30 larda gospitalga yetib bordim. Ammo borganimda ukamning joni uzilib bölgandi.

Xonadoşining aytişi böyiça, ertalab ukamning tobi bölmay qolgan, hamşiralar tomonidan birinçi tibbiy yordam yaxşi körsatilmagan, navbatçi şifokorlar ham joyida bölmagan. Tibbiyot xodimlari xizmat faoliyatiga sovuqqonlik bilan qaraşgan, öz kasbiy vazifasini vaqtida amalga oşirmagan”, deydi marhumning akasi Axmadjon Rustamov.

Şuhrat Rustamovning dadasi Ravşan Rustamovning aytişiça, şifokorlar öğliga aslida qilinmagan dori-darmonlar röyxatiga imzo qöydirib olişga harakat qilişgan.

“Vafotidan bir kun oldin keçqurun videoaloqa orqali suhbatlaşdik. Öğlim hamşira bir varaq dorilar röyxatini olib kelib, imzo qöyişni söraganini, u imzo qöymaganligini, sababi mazkur dorilarni öz puliga köçadan sotib olib kelganini aytdi. Keyin şu imzo masalasida şifokor bilan ham tortişgan. Ya’ni tibbiyot xodimlari aslida gospital hisobidan qilinmagan dorilar röyxatini yozib, göyoki muoalaja paytida uşbu dorilar işlatilganligi haqida öğlimga imzo qöydirib olmoqçi bölişgan.

Bundan taşqari, öğlimning tobi qoçganida hamşira kelib, joyiga yotqizib, yuziga suv sepgan xolos. Suv bilan ham birinçi tibbiy yordam körsatiladimi? Şuhrat boquvçi bolam edi, ikki farzandi yetim qoldi”, deya ta’kidlaydi Ravşan Rustamov.