Toşkent viloyati Toşkent tumanida 8 aprel kuni çaqiruvga asosan xizmat olib borayotgan IIB profilaktika katta inspektori piçoqlandi, deb xabar bermoqda Toşkent viloyati IIBB.
Qayd etilişiça, 8 aprel kuni soat 21:10 larda Toşkent tumani «Qorasaroy» MFYda yaşovçi fuqaro Q.J. mast holda uyida janjal qilayotgani sababli, şoşilinç çaqiruvga asosan voqea joyiga yetib borgan tuman IIB profilaktika katta inspektori podpolkovnik Murod Xoliqov 56 yoşli fuqaroni tinçlantirayotganida u faol qarşilik körsatib, qölidagi piçoq bilan inspektorning çap bel qismiga urib jarohat yetkazgan.
Natijada, tungi xizmat vaqtida jarohat olgan profilaktika inspektori IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan.
Fuqaro protsessual tartibda uşlangan va dastlabki tergovga qadar tekşiruv harakatlari prokuratura organlari tomonidan olib borilmoqda.












