20:15 / 18.09.2019
0
8184

Kiyevda ko‘prikni portlatish bilan tahdid qilgan erkak otishma sodir etdi

Kiyevda metro stansiyasi yaqinidagi ko‘prikni portlatish bilan tahdid qilgan erkak otishma sodir etdi, deb xabar berdi Kiyev politsiyasi boshlig‘i Andrey Krishchenko.

"Noma'lum shaxs otishma sodir etdi va ko‘prikni portlatish bilan tahdid qildi. Biz politsiya operatsiyasini o‘tkazmoqdamiz", — deya Krishchenkodan iqtibos keltirdi uning matbuot kotibi Oksana Blishchik.

Guvohlarning xabariga ko‘ra, u ko‘prikka avtomobilda kelgan, qo‘liga portlovchi qurilmaga o‘xshash buyum va avtomat olgan hamda o‘q uzgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top