Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugun bahslarni boshlagan erkin kurashchilar Ixtiyor Navro‘zov, Bekzod Abdurahmonov va Hasanboy Rahimov dastlabki raqiblarini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi.
-70 kg vazn toifasida bahslarni boshlagan Rio olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro‘zov bahslarni kvalifikatsiya bosqichidan boshladi. Dastlab hindistonlik Karan Karanni 7:0 hisobida mag‘lub etgan Ixtiyor chorak final yo‘llanmasi uchun bahsda bolgariyalik Aliposhsho Umarpashevni 7:6 hisobida yengdi.
-70 kg:
1/16 final: Ixtiyor Navro‘zov – Karan Karan (Hindiston) 7:0
1/8 final: Ixtiyor Navro‘zov – Ali Umarpashayev (Bolgariya) 7:6
¼ final: Ixtiyor Navro‘zov – David Bayev (Rossiya)
-74 kg vazn toifasida musobaqada qatnashayotgan ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi Bekzod Abdurahmonov kvalifikatsiya bosqichida dastlab puerto-rikalik Franklin Gomesni 4:0 hisobida yengdi. 1/8 finalda esa u kubalik Jyeandre Garzonni 10:6 hisobida mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi.
-74 kg:
Saralash: Bekzod Abdurahmonov – Franklin Gomes (Puerto-Riko) 4:0
1/16 final: Bekzod Abdurahmonov – Yeandri Kabalero (Kuba) 10:6
1/8 final: Bekzod Abdurahmonov – Hojimurod Gadjiyev (Ozarboyjon)
-125 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Hasanboy Rahimov saralashda venesuelalik Luis Felipe Urbanexani (10:0), 1/8 finalda vengriyalik Daniyel Ligeti (5:0) hisobida yengdi.
-125 kg:
1/16 final: Hasanboy Rahimov – Luis Felipe Urbanexa (Venesuela) 10:0
1/8 final: Hasanboy Rahimov – Daniyel Ligeti (Vengriya) sof g‘alaba
¼ final: Hasanboy Rahimov – Taxa Akgul (Turkiya) / Aleksandr Romanov (Moldova)
Eslatib o‘tamiz, Bekzod Abdurahmonov va Hasanboy Rahimov ishtirok etayotgan vazn Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Vakillarimiz kamida yarim finalga chiqa olishsa, Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yishadi.