Qozoğistonning Nur-Sulton şahrida sport kuraşlari böyiça jahon çempionati davom etmoqda. Bugun, 21 sentabr kuni erkin kuraş böyiça 4ta vazn toifasida (61, 79, 86 va 97kg.) saralaş bosqiçlar, şuningdek Olimpiada yöllanmasini beruvçi va medallar uçun bahslar ötkazilmoqda.
Özbekistonning 4 vakili ham saralaş bosqiçida muvaffaqiyatli iştirok etişdi.
Dastlab, -61 kg vazn toifasida Abbos Rahmonov filippinlik Yegor Dmitriyevni osonlik bilan yengdi (14:2). Endi uning 1/8 finaldagi raqibi ruminiyalik Nikolai Oxlopkov böladi.
-79 kg vazn toifasida Raşid Qurbonov Janubiy Koreya vakili Jang Vumin bilan kuç sinaşdi va 12:2 hisobida ğalaba qozondi. Endi u 1/8 finalda eronlik Bahmad Muhammad Temuriy bilan çorak final yöllanmasi uçun kuraşadi.
-86 kg vazn toifasidagi saralaş bahslarining birinçi bosqiçida Jabroil Şapiyevga ozarboyjonlik Aleksandr Gotsiyev raqib böldi. Özbekistonlik sportçi bu bahsda 4:1 hisobidagi ğalabaga erişdi, keyin u 1/16 finalda gruziyalik Sandro Aminaşvilini 6:3 hisobida mağlubiyatga uçratib, keyingi bosqiçga ötdi. Uning nimçorak finaldagi raqibi kim bölişi hozirça ma'lum emas.
-97 kg vazn toifasida Magomed Ibragimov polşalik sportçi Radoslav Baranni osonlik bilan taslim etdi - 10:0. Endi u 1/8 finalda ruminiyalik Albert Saritovga qarşi gilamga tuşadi.
Ma'lumot uçun, yuqoridagilardan faqat -86 va -97 kg vazn toifalari Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan.
Bundan avvalroq, -125 kilogramm vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Hasanboy Rahimov bronza uçun ötiş bosqiçida moldovalik Aleksandr Romanovni 6:0 hisobida mağlub etib, Tokio-2020 Olimpiadasiga yöllanma olgandi. Endi u keçki dasturda bronza uçun gilamga çiqadi, unga xitoylik Jivei Den raqiblik qiladi.
-70 kg vazn toifasidagi Ixtiyor Navrözov esa bronza uçun ötiş turnirida gruziyalik Zurabi Yakobişviliga mağlub bölib, turnirni medalsiz hamda Olimpiada yöllanmasisiz yakunladi.

















