Rio—2016 Olimpiadasida erkin kuraş musobaqalarida 65 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan özbekistonlik Ixtiyor Navrözov çorak finalda Puerto-Riko vakili Franklin Gomesga qarşi gilamga çiqdi.

Kuraşning 5:37 daqiqasida, hisob Özbekiston vakili foydasiga 7:5 bölib turgan vaqtda tortişuvli vaziyat yuzaga keldi. Puerto-Riko vakilining murabbiylari e'tiroz bildirişdi va hakamlar bir neça daqiqa davomida vaziyatni muhokama qilib, yakunda özbekistonlik sportçining foydasiga qaror çiqardi.

Natijada Ixtiyor Navrözov kuraşni 8:5 hisobida öz foydasiga hal qilib, yarim finalga yöl oldi. Endi u bu bosqiçda rossiyalik tajribali sportçi Soslan Ramonovga qarşi gilamga çiqadi.

Navrözov nimçorak finalda Bahrayn vakili Adam Batirovni mağlub etgandi.