14:44 / 23.09.2019
4
56804
Qozog‘istonda uyushgan jinoiy guruh inson a'zolarini noqonuniy ko‘chirib o‘tkazish bilan shug‘ullangan: donorlar orasida o‘zbekistonliklar ham bo‘lgan
Foto: Fotolia / Tobilander

Qozog‘istonda inson to‘qimalari va a'zolarini noqonuniy transplantatsiya qilish bilan shug‘ullangan transmilliy uyushgan jinoiy guruhning faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Tengrinews.kz muxbiri bilan suhbatda mamlakat Ichki ishlar vazirligining Jinoyat politsiyasi departamenti boshlig‘i Armanbek Baymurzin ma'lum qildi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha 141 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ulardan 59 tasi inson organlari va to‘qimalarini sotish bilan bog‘liq.

Qozog‘istonda tibbiyot so‘nggi bir necha yil ichida inson a'zolarini transplantatsiya qilish sohasida katta yutuqlarga erishdi. Bu tez va osonlik bilan pul ishlash imkoniyati tufayli uyushgan jinoyatchilikda qiziqish uyg‘otgan. Joriy yil 2017 yilda Qozog‘istonda odam savdosi bilan bog‘liq noqonuniy bitimlarni tashkillashtirgan transmilliy jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Tibbiyot xodimlari ishtirokida 57 ta noqonuniy transplantatsiya operatsiyasi o‘tkazilgan.

Jinoyatchilar Ukraina, O‘zbekiston, Qirg‘izistondan donorlarni Qozog‘istonga jalb qilishgan, Isroil fuqarolari esa retsipiyentga aylangan. Shundan so‘ng, ular buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha jarrohlik amaliyotini amalga oshirishgan. 

Xabarda qayd etilishicha, hozirda tergov davom etmoqda. Tashkilotchilarning jinoiy daromadi 10 million dollar, deb baholanyapti.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top