16:36 / 03.10.2019
0
3599
Noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 180 million so‘mlik tovar moddiy boyliklar fosh bo‘ldi

 Yurtimizga sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy tarzda olib kirishga bo‘lgan urinishlar bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida bartaraf qilinmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

 Tadbir davomida fuqaro T.O.ning yashash xonadoni hamda unga tegishli bo‘lgan “Kia Bongo” rusumli avtomashina belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

 Natijada, ushbu xonadonda va avtomashinaning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 180 million so‘mlik kiyim-kechaklar, xo‘jalik buyumlari hamda maishiy texnika vositalari borligi aniqlandi.

 Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top