20:30 / 04.10.2019
21
14996
O‘zbekistonliklar uchun AliExpress bepul jo‘natmalari miqdori cheklanishi mumkin

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan xorijdan O‘zbekistonga yuborilayotgan pochta va kurerlik jo‘natmalarining bojxona to‘lovlarisiz kiritiladigan miqdorini 25 dollargacha cheklash masalasi o‘rganib chiqilmoqda.

Kun.Uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, bu cheklov O‘zbekistonga import qilinayotgan tovarlar hajmini qisqartirish, xorijiy valutaning chetga chiqib ketishini kamaytirish chora-tadbirlari doirasida joriy qilinishi rejalashtirilmoqda.

Agar bu haqda hukumat qarori qabul qilinadigan bo‘lsa, o‘zbekistonliklar orasida mashhur bo‘lgan AliExpress, Gearbest, Banggood, Amazon, Ebay va boshqa xalqaro internet do‘konlaridan bir kalendar chorak mobaynida ko‘pi bilan qiymati 25 dollarlik jo‘natmani bepul olish mumkin bo‘ladi. Bundan ortiq qiymatdagi jo‘natmalarga boj to‘lovi joriy qilinadi.

Amaldagi qonunlarga ko‘ra, ayni vaqtda xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — bir kalendar chorak mobaynida 1000 AQSh dollarini, xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — 100 AQSh dollarini tashkil qiladi. 

Qayd qilish joizki, pochta va kurerlik jo‘natmalarining bojxona to‘lovlarisiz kiritiladigan miqdorini 25 dollargacha cheklash masalasi ayni paytda o‘rganib chiqish jarayonida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top