18:08 / 06.10.2019
0
10417
AQSh elchisi o‘rinbosari Twitter’dagi “layk” uchun Turkiya TIVga chaqirtirildi
Foto: AP Photo / Burhan Ozbilici

AQShning Turkiyadagi elchisi o‘rinbosari diplomatik vakolatxonaning Twitter’dagi xatti-harakatlari sababli Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

"Undan elchixonaning ijtimoiy tarmoqlardagi kechagi xabari bo‘yicha izoh berishi so‘raldi", dedi agentlik suhbatdoshi.  

Shanba kuni AQShning Anqaradagi elchixonasi Turkiya milliy harakat partiyasi rahbari Davlat Boxchalining iste'fosi talab qilingan tvitga “layk” qo‘ydi. 

Diplomatik missiya ertasi kuni ushbu holatni xato deb atab kechirim so‘radi.

Boxchali boshchiligidagi Milliy harakat partiyasi Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi bilan siyosiy ittifoqda.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top