O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Vazirlik saytida e'lon qilingan xabarga ko‘ra, quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:
podpolkovnik Xayitmurod Davlatov - Surxondaryo viloyati Termiz shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Faxriddin Valiyevich Mengliyev - Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga.