08:44 / 08.10.2019
0
14536
Poroshenkoga hibsga olish bilan tahdid qilindi 
Foto: RIA Novosti

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga hibsga olingan deputat Sergey Pashinskiy qismati xavf solmoqda. Bu haqda Ukraina ommaviy axborot vositalariga sobiq prezident Viktor Yanukovich ma'muriyatida ishlagan Andrey Portnov aytib o‘tdi.

Portnov Poroshenkoga hibsga olinishi bilan tahdid qilmoqda. U buning uchun barcha sa'y-harakatlar amalga oshirilishiga va'da bergan. 

Portnov Poroshenko tergov izolyatorining navbatdagi “mijozi” bo‘lishi uchun barcha ishni qilishini ta'kidlab o‘tgan.

“Hukumatda bundan boshqa chora qolmasligi uchun barcha ishni qilamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Portnov.

Ukrainada Poroshenkoga nisbatan bir nechta jinoiy ish ochilgan.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top