10:36 / 08.10.2019
0
12866
Toshkentda chet el fuqarosiga nisbatan jinoyat sodir etildi
Illyustrativ foto

Toshkentda chet el fuqarosiga nisbatan jinoyat sodir etildi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro S.T. (1956 y.t. ishsiz) Afg‘oniston fuqarosi (1989 y.t. MChJ rahbari) N.G.ga Yunusobod tumanida joylashgan "Oloy dehqon bozori" AJ yonida qurilish uchun yer maydoni va Toshkent shahridan 2 xonali uy olib berishni va'da qilib, undan 10 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, o‘zlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan 07.10.2019 yilda Bosh prokuratura Departamentining Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan fuqaro S.T.ga nisbatan JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top