20:27 / 09.10.2019
0
40746
Ayol timsoh bilan bir soatlik olishuvdan keyin tirik qoldi 

Hindistonning Odisha shtatida yashovchi ayol uni oyog‘idan tishlab olgan timsoh bilan bir soat kurashib, tirik qoldi. Bu haqda Odisha TV telekanali xabar berdi.  

Sajani Malik ismli ayol Baytarani daryosiga tushlikdan keyin idishlarni yuvgani kelgan. Ayolning aytishicha, shu vaqt uni timsoh dumi bilan urib yiqitib, oyog‘idan  tishlab, suvga torta boshlagan. Ayol o‘z hayotini saqlab qolish uchun jon holatda yaqin oradagi daraxtni ushlab olib, uni yordam kelmaguncha bir soat qo‘yvormagan.  

Ayolni uning qaytmaganidan keyin xavotirlana boshlagan hamkasblari aniqlashgan. Ular timsohni quvib yuborishga muvaffaq bo‘lishgan va ayolni shifoxonaga olib borishgan.

Ma'lum bo‘lishicha, ayolga dunyodagi eng yirik yirtqichlardan hisoblanuvchi taroqsimon timsoh hujum qilgan. Bu timsoh erkaklarining uzunligi 7 metrgacha va og‘irligi 2 tonnagacha yetishi mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top