17:01 / 09.10.2019
0
2386
Bojxonachilar 1 kilogrammdan ortiq zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxona xodimlari ayrim shaxslar tomonidan zargarlik buyumlarining yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga urinish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Yaqinda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari, qo‘shni davlatdan ushbu post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro A.G. xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazishganda ushbu shaxsning qo‘l yuklari va kiyimlari orasida umumiy qiymati qariyb 96,5 million so‘mlik jami og‘irligi 385.55 gramm sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari yashirilganligini aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ushbu post xodimlari tomonidan yana bir yirik miqdordagi zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro J.M. xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu fuqaro umumiy qiymati qariyb 197 million so‘mlik jami 786 gramm sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirishga uringanligi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top