Şavkat Mirziyoyev dastlab Yangi Namangan tumanidagi “Gavhar grup” korxonasini borib kördi.
Ta’kidlanişiça, mazkur korxona yiliga 1 ming 200 kilogramm zargarlik buyumlarini sanoat usulida işlab çiqariş quvvatiga ega. Korxonaga Turkiya, Italiya, AQŞ va Germaniyadan zamonaviy uskunalar keltirilib, 2022 yilda işga tuşirilgan. Korxonada 100 dan ortiq kişining bandligi ta’minlangan. Şu yerning özida yoşlarga hunar ham örgatiladi.

“Gavhar grup” 10 ming xil dizayndagi zargarlik buyumlarini işlab çiqarişni özlaştirgan. Çet ellar bilan hamkorlikda qöl soatlarining tilla korpusini tayyorlaş yölga quyilgan. 2023 yilda 270 kilogramm mahsulot işlab çiqarilgan.
Davlat rahbari korxonada işlayotgan zargarlar bilan suhbatlaşdi.
“Mamlakatimizda yiliga 100 tonna oltin qazib olyapmiz. Uni zargar tadbirkorlarga bölib tölaş şarti bilan sotişga ruxsat berilgan. Oçiği, bunday imkoniyatlar heç qaysi davlatda yöq. Lekin yurtimizda oltinning atigi 6 foizi qayta işlanyapti. Oltin qazib olinmaydigan mamlakatlar bizdan köp eksport qilyapti. Bu sohada biroz keçikdik. Şuning uçun işlab çiqarişga qöşimça şaroitlar yaratyapmiz. Bu hali boşlanişi. Sohani hali yana rivojlantiramiz”, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident korxonada turkiyalik işbilarmonlar bilan tajriba almaşiş, sohaga oid qonunçilikni takomillaştiriş masalalari böyiça muloqot qildi.
Şuningdek, “Mexmaş” mas’uliyati çeklangan jamiyati mahsulotlarini ham közdan keçirildi. Mazkur korxona yiliga 20 ming tonna burama mix va 18 ming tonna rulonli qoğoz işlab çiqariş, 6 million dollarlik eksport quvvatiga ega. 700 kişi iş bilan ta’minlangan.

Şavkat Mirziyoyev bozor talabidan kelib çiqib, avtomobil sanoatida qöllanadigan mahkamlaş mahsulotlari hajmini va eksportini oşiriş, iş örinlarini köpaytiriş rejalari yuzasidan körsatmalar berdi.












