Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, suhbat davomida mahalliy zargarlik buyumlari işlab çiqaruvçilari va 1950-yillar boşida Mumbayda taşkil etilgan Siroya Jewellers kompaniyasi örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, Hindiston kompaniyasi mahsulotlarini Özbekistondagi çakana savdo dökonlariga yetkazib beriş va sotişni yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
Rajyeş Jayn Özbekistonda zargarlik buyumlari işlab çiqariş böyiça qöşma loyihaga investitsiyalar kiritiş niyatini bildirdi.
Muloqot çoğida xalqaro va Hindiston tajribasi asosida zargarlik buyumlari dizayni yönalişida kadrlar tayyorlaş imkoniyatlari ham körib çiqildi.
Muzokaralar yakunlari böyiça özaro hamkorlik istiqbollarini örganişni davom ettiriş va soha salohiyatidan ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaş yölida töliq foydalanişga kelişib olindi.

















