17:20 / 09.10.2019
1
12330
Kurtkaning ichki cho‘ntagiga nima yashirilgan edi?

Bojxona xodimlari naqd xorijiy valutalarning noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Yaqinda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga ketayotgan fuqaro Sh.I. boshqaruvidagi “DAF Te105xf” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, 700 000 qozoq tengesi, 90 000 Rossiya rubli hamda 7291 AQSh dollari naqd xorijiy valutalarini yashirgan holda olib chiqmoqchi bo‘lganligi fosh qilindi.

Shu kunning o‘zida “OPEL Zafira” rusumli avtotransport vositasini boshqarib qo‘shni davlatga yo‘l olgan yana bir fuqaro Sh.A. bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning egnidagi shimining o‘ng cho‘ntagida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan 6500 AQSh dollari hamda 10 000 Rossiya rubli naqd xorijiy valutalarini yashirib olib o‘tishga bo‘lgan harakatlariga ziyrak bojxona xodimlari chek qo‘yishdi.

“Oybek” chegara bojxona posti xodimi tomonidan qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro X.Q. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, uning egnidagi kurtkasining ichki cho‘ntagida va shimining cho‘ntagida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan 140 000 Rossiya rubli, 5000 AQSh dollari naqd xorijiy valutalari yashirilganligi aniqlandi.

 Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top